14:04 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
349 0 0

Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro oʻgʻli “Spark” rusumli avtomashinasida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro oʻgʻlini qidirmoqda.

IIV xabariga koʻra, 2 sentyabr kuni  B. Ergashev IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00larda  26 yoshli oʻgʻli Nodir Ergashev oʻzining davlat raqami 01 A 528 GʻV boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinasida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib bedarak yoʻqolganligini maʼlum qilgan.

Nodir Ergashevni qidirib topish choralari koʻrilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV N. Ergashevni va uning boshqaruvidagi avtomashinani koʻrgan yoki u haqida biror bir maʼlumotga ega boʻlganlardan ichki ishlar organlarining hududiy boʻlimlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishini soʻraydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan 19 yoshli yigit topilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular