01:02 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vid na zdaniye Rossiyskogo universiteta drujbы narodov (RUDN)

Moskvada oʻzbekistonlik talaba komaga tushib qolgani tasdiqlandi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Hodisalar
Havola olish
334 0 0

Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti talabasi boʻlgan oʻzbekistonlik Moskvadagi klinik kasalxonasining reanimatsiya boʻlimida qolmoqda.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya boʻlimida yotgan Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti talabasi, Oʻzbekiston fuqarosi U.Baxronov toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, vaziyat nazoratga olingan, elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida boʻlib bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashganlar.

Shuningdek, Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja oʻtkazishda qoʻshimcha choralar koʻrish, jumladan, mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qilganlar.

Bugun qator OAVlarda Moskvada Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti talabasi boʻlgan oʻzbekistonlik komaga tushib qolgani haqidagi xabarlar paydo boʻlgandi.

Asosiy mavzular