16:07 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
V Ryazani v DTP popali shest uzbekistantsev

Ryazan viloyatida 6 nafar oʻzbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Ryazpressa
Hodisalar
Havola olish
192 0 0

Ryazanda YTHga uchragan oʻzbekistonliklarning 2 nafari jonlantirish boʻlimiga joylashtirildi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiyaning Ryazan viloyatida olti nafar Oʻzbekiston fuqarolari YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Ryazpressa.

"R22 “Kaspiy” trassasida jarohatlanganlarning 2 nafari Mixaylovskiy tuman shifoxonasining jonlantirish boʻlimida. Shifokorlar ularning tuzalib ketishiga umid bildirishdi. Yana 2 nafar jarohatlanganlarda ayni damda jarrohlik amaliyoti oʻtkazilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Qolgan, 3 nafar fuqarolar ham travmatolog shifokor koʻrigidan oʻtkazilgan.YTHda jami 7 kishi jarohatlangan. Ulardan 1 kishi Rossiya fuqarosi 6 nafari Oʻzbekiston fuqarolari. Barchasi voyaga yetganlar, deyilgan mahalliy nashr xabarida. 

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Novosibirskda Oʻzbekiston fuqarolari YTHga uchragan edi. Oʻshanda 2 nafar fuqaro qurbon boʻlgan va ikki nafar fuqaro jarohat olgan edi.

Asosiy mavzular