15:57 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Elektrik ustanavlivayet sovremennыy elektroschetchik

Jizzaxda “antiqa” usulda elektr energiyasi oʻgʻirlangani fosh etildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Hodisalar
Havola olish
439 0 0

Isteʼmolchi qilmishi uchun elektr tarmogʻidan uzildi va 302 mln. soʻm jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Jizzaxda elektr energiyasini oʻgʻirlashning “antiqa” usuli aniqlandi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, Jizzax shahridagi “Original Food Invest” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida oʻrnatilgan “Mercury 230 ART” elektr hisoblagichidagi ishlab chiqaruvchi zavodning golografik muhriga ziyon yetkazilganligi shubha oʻygʻotdi.  Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ushbu turdagi elektr hisoblagichlar ishlab chiqaruvchining Oʻzbekistondagi vakili - “Neotech Group” MCHJga murojaat qilindi. Elektr hisoblagichning standart talablariga mosligi tekshirilganda elektr energiyasini oʻgʻirlashning “antiqa” turi aniqlandi.

“Neotech Group” MCHJning bergan xulosasiga koʻra, “Original Food Invest” MCHJ ning elektr hisoblagichdagi zavod tomonidan oʻrnatilgan golografik muhr va kafolat yorligʻi buzilganligi, eng muhimi - elektr hisoblagichning ichki xotira bloki almashtirib, boshqa hisoblagichning ichki xotira bloki oʻrnatilganligi oshkor boʻldi”, - deyiladi xabarda.  

Ushbu xolat boʻyicha qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzildi va 302 mln. soʻm jarimaga tortildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qashqadaryolik bir tadbirkorning elektr energiyasi hisoblagichining ichki qismiga maxsus qurilma (chip) oʻrnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib oʻtayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi bilan oʻgʻirlik sodir etib kelgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular