Rossiyada Mi-8 harbiy vertoloti halokatga uchradi

© Sputnik / Igor OnuchinVertolet Mi-8
Vertolet Mi-8 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada harbiylar orasida “asalari” deb nomlanadigan Mi-8 vertolot halokatga uchradi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Saratov viloyati Sokoloviy qishlog‘i yaqinida harbiy Mi-8 vertoloti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, harbiy vertolot uchish-qo‘nish chizig‘ida balandlikka ko‘tarilayotgan vaqtda qulab tushgan.

Vertolot ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan, ekipaj havo kemasidan chiqishga ulgurgan.

Voqea joyida Harbiy-fazo kuchlari komissiyasi ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0