Toshkentda ko‘lda cho‘milayotgan fuqaroning Chevrolet Epica mashinasini olib qochishdi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente ugnali avtomobil u mujchini, poka on kupalsya v ozere
V Tashkente ugnali avtomobil u mujchini, poka on kupalsya v ozere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobilni muqaddam sudlangan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 19 yoshli yigit olib qochgan. Uning so‘zlariga qaraganda, u avtomobilni “bir oz muddatga o‘rtog‘idan olib turgan”.

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Toshkentda avtomobil olib qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra. 5-sentabr kuni navbatchilik qismiga Chilonzor tumanida Chevrolet Epica rusumli avtomobil olib qochilgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 58 yoshli G‘.A. avtomobilini Seul ko‘chasida (eski Baynalminal) qoldirib, A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy parkiga yo‘l olgan. 

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mazda 3 mashinasini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi

Cho‘milish uchun yechinganida avtomobil kalitini kiyimlarning yoniga qo‘yib, ko‘l tomon ketgan. Bir oz vaqt o‘tib u kiyimlari yonida yosh yigit turganini payqagan, ammo bu holatga ortiqcha e’tibor bermagan. Soat 16:00 da G‘.A. kiyimlari yonida avtomobil kaliti yo‘qligini ko‘rib, IIVga xabar qilgan.

“Qo‘lga olish” rejasi asosida Compass ko‘ngilochar savdo markazi yonidagi ko‘prikda YPX xodimlari tomonidan harakatlanayotgan avtomobil  to‘xtatilgan.  Avtomobilni muqaddam sudlangan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 19 yoshli M.Z. boshqargani aniqlangan.

Uning so‘zlariga qaraganda, u avtomobilni “bir oz muddatga o‘rtog‘idan olib turgan”. M.Z. qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston JKning 267-moddasi (“Transport vositasini olib qochish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avtomobil esa texnik soz holatda egasiga qaytarildi.

Yangiliklar lentasi
0