Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini vahshiylarcha o‘ldirganlarga hukm chiqarildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki  v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar umrining qolgan qismini to‘rt devor ichida o‘tkazadi.

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi.

“Daryo”ning xabar qilishicha, sud hukmiga ko‘ra, G‘olib Tashanov O‘zbekiston JKning  270-moddasi, 1-qismi va 273-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb topilib oqlandi va jinoyat ishining shu qismi tugatildi.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirildi – Bosh prokuratura

G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboyev va Habibullo Nurmanovning aybidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-qismining “o”  bandi hamda “p” bandidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyatining “uyushgan guruh a’zolari tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda” sodir etishda ifodalangan malakalovchi belgisi chiqarildi.

G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboe va Habibullo Nurmanovning jinoiy harakatlari JK 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, JK 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, JK 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan JK 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi.

Sudning yakuniy xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar tegishli moddalarda aybdor deb topildi va ularga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.

Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Erkinjon Turdimov Ishtixonda yuz bergan qotillik haqida: bu barchamiz uchun sharmandali holat

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, endiliklar mahkumlar deb ataluvchilar Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi — er-xotin, ikki o‘g‘il va bir qizni vahshiylarcha o‘ldirib, Qo‘shrabot tumani Boqi qishlog‘ida Damas avtomashinasi ichiga tashlab ketgan. 

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ushbu mudhish qotillik haqida gapirar ekan, "bu voqelik barchamiz uchun sharmandali holat, to‘rt nafar yosh yigitlarning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishi tasavvur qilish qiyin bo‘lgan holat", deya ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0