16:28 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Yana bir MIB xodimi doʻpposlandi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
220 0 0

Aliment toʻlovlaridan qarzdor fuqaro hokimiyat vakilini haqorat qildi. Bu ham kamlik qilib kaltaklab, tan jarohati yetkazdi.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Fargʻona viloyatida MIB qarzdor tomonidan kaltaklandi.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, MIBning Rishton tuman boʻlimi davlat ijrochisi M.O. oʻz xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990 y.t.) ni “Uchariq” mahallasi xududida uchratgan. Aliment toʻlovlaridan boʻlgan qarzlarini undirish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni oʻzi bilan birga MIB tuman boʻlimiga borishi lozimligini bildirgan.

Shu vaqtda qarzdor M.M. xodimni haqorat qilib, qonuniy talablariga boʻysunmasdan faol qarshilik koʻrsatgan va urib tan jarohati yetkazgan.

Oʻzbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zoʻrlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

Mazkur holat yuzasidan 05.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.M nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

MIB xodimlari kaltaklagani boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular