15:56 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Turistы v Buxare

Gid boʻlishni istaysizmi? Toshkentlik bir nechta ayolni chuv tushirdi

© Flickr / PRORobert Wilson
Hodisalar
Havola olish
169 0 0

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda turizm sohasi jadallik bilan rivojlanib borayotgani hech kim sir emas. Buni qarangki, ayrim "uddaburonlar“ bundan unumli foydalanishga urinib, fuqarolarni chuv tushirishmoqda.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi fuqaro bir nechta firibgarlik jinoyatini sodir etgani aniqlandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga koʻra, toshkentlik fuqaro  oʻzini sayyohlik firmasi rahbari sifatida tanishtirib, chet tillarini yaxshi oʻzlashtirgan bir guruh fuqarolarni aldagan. Ularni turistik shaharlarga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarga tarjimonlik qilish bilan shugʻullanadigan ishga joylashtirib qoʻyishini, buning uchun kunlik 100-150 dollar miqdorida maosh olishlari toʻgʻrisida yolgʻon vaʼdalar berib, ulardan turli miqdordagi pullarni qoʻlga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

© Sputnik / Aleksey Filippov

Xabarda qayd etilishicha, firibgar uch nafar samarqandlik ayolni aldov yoʻli bilan Buxoro shahriga chaqirtirgan. Buxoro shahridagi “Nurefshan” mehmonxonasida ulardan jami 3,1 mln va 50 dollar naqd sanab olgan.

Shuningdek, “Nurefshan” mehmonxonasi rahbariga oʻzini sayyohlik firmasi rahbari sifatida tanishtirib, mazkur mehmonxona xizmatlaridan sayyohlik firmasi rahbari sifatida imtiyozli ravishda foydalangan. Natijada koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 1 680 000 soʻmdan 1 320 000 soʻmini toʻlamasdan juftakni rostlagan.

Bu bilan uning jinoyat olamidagi “sayohati” oʻz nihoyasiga yetmagan. Fuqaro buxorolik yana bir ayolni aldab, uni Xorazm viloyati Urganch shahriga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarga tarjimonlik qilish bilan shugʻullanadigan ishga joylashtirib qoʻyishini aytgan.  Buning uchun kunlik 100 dollar miqdorida maosh olishi toʻgʻrisida yolgʻon vaʼdalar berib, uni Urganch shahriga chaqirtirgan. 16 avgust kuni Urganchdagi avtoturargohda 400 000 soʻm pullarni aldov yoʻli bilan olib, ushbu pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston JKning 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular