12:43 23 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
406 0 0

Qashqadaryoda aliment pullari nizosi bir ayolning boʻgʻib oʻldirilishi bilan yakunlandi.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Qashqadaryoda aliment pullari nizosi bir ayolning boʻgʻib oʻldirilishi bilan yakunlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, 8 sentyabr kuni soat 01:00larda fuqaro T.E (1979 y.t.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani “Istiqbol” mahallasida yashovchi sobiq turmush oʻrtogʻi T.P (1981 y.t.) bilan aliment pullari nizosi boʻyicha oʻzaro janjallashgan. Janjal vaqtida erkak sobiq turmush oʻrtogʻini qoʻllari bilan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular