00:17 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Oʻzbekiston furalari Qozogʻistonda toshboʻron qilindi – video

© Sputnik / Sergey Titov
Hodisalar
Havola olish
85602

Qozogʻistonning "Atыrau - Astraxan" yoʻlida Oʻzbekiston yuk avtomobillari toshboʻron qilindi.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Qozogʻiston hududidan oʻtayotgan Oʻzbekiston yuk avtomobillari toshboʻron qilindi deb xabar bermoqda Nurillo Nuriddinov ismli haydovchi Facebookda.

“Qozogʻistondagi Atыrau - Astraxan yoʻlida Oʻzbekistonning 4ta furalariga katta-katta toshlarni otishdi. Mashinaning hamma joyida toshlarning izi qolgan,old oyna ham sinib ketdi. Ular 10ta yosh bolalar edi. Tosh otib qochib ketayapti”,  - deydi haydovchi.

Bundan  biroz oldin internetda aynan ushbu haydovchi tomonidan suratga olingan Oʻzbekistonlik haydovchilarni jarimaga tortayotgan qozogʻistonlik huquqni saqlash organ xodimi bilan boʻlgan tortishuv aks etgan video ham joylashtirilgan edi.

Asosiy mavzular