00:22 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Razbitoye steklo

Oʻzbekiston yuk mashinalarining toshboʻron qilinishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
617 0 0

Oʻzbekistonlik yuk haydovchilarining avtomobillariga Qozogʻistonning Atirau shahri nomaʼlum shaxslar tosh otib, shikast yetkazishdi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Oʻzbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining 7 sentyabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Atirau shahri hududida nomaʼlum shaxslar tomonidan tosh otib, shikast yetkazilganligi holati boʻyicha Transport vazirligi bayonot berdi

Xabarda aytilishicha, vazirlik vaziyatni nazoratga olish va roʻy bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot oʻtkazgan. 

Ayni damda ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olindi. Roʻy bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.

“7 sentyabr kuni roʻy bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilarni Oʻzbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojat qilib ariza qoldirishlarini soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugun ijtimoiy tarmoqlar oʻzbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining Qozogʻistonning Atirau shahri hududida nomaʼlum shaxslar tomonidan toshboʻron qilingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Asosiy mavzular