16:23 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov

MIB xodimiga yana hujum qilindi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Hodisalar
Havola olish
197 0 0

Fargʻona viloyati Quva tumanida MIB xodimi kaltaklandi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Fargʻona viloyati Quva tumanida MIB xodimiga qarshilik koʻrsatilgani holati yuzasidan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, MIB Quva tuman boʻlimi davlat ijrochisi Oʻ.T (1997 y.t.) qarzdor M.X. dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida uning yashash xonadoniga borganda, u MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatib, temir jism bilan uning oyogʻiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 10.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.X. ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada aliment toʻlovlaridan qarzdor M.M.(1990 y.t.) MIBning Rishton tuman boʻlimi davlat ijrochisi M.O.ni haqorat qilib, qonuniy talablariga boʻysunmasdan faol qarshilik koʻrsatgan va urib tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan  JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Asosiy mavzular