23:57 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Muslimbek Omonov

Toshkentda 23-yoshli MMA chempioni vafot etdi

© Instagram / 1muslim_omonov
Hodisalar
Havola olish
130310

Muslim Omonov, 23-yoshli MMA chempioni mushtlashuvda pichoq bilan yaralanib vafot etdi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Oʻtgan tunda Toshkentda 23-yoshli aralash yakkakurashchi Muslim Omonov guruh mushtlashuvi natijasida vafot etdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

10 sentyabrdan 11 sentyabrga oʻtar kechasi soat 00:50 atrofida Yunusobod tumanidagi kafeda ikki guruh yoshlar orasida janjal kelib chiqqan.

Shundan soʻng ular koʻchaga chiqib Shayxontoxur tumanigacha borishga va oʻsha yerda mushtlashuv sodir boʻlgan. Oqibatda 3 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga murojat qilgan. Ulardan biri – 23 yoshli Muslim Omonov vafot etgan. Boshqa manbaalarda aytilishiga koʻra, M.Omonov pichoq bilan jarohatlangan.

Ushbu voqea yuzasida Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104 bandi, 3 boʻlimi (Ogʻir tan jarohati yetkazish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hodisada ishtirok etganlarning barchasining shaxsi aniqlangan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun Muslim Omonov kikboks boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, K1 MS boʻyicha jahon chempioni va 77kg vazn toifasida MMAning Osiyo chempioni unvonlari sohibi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, bu soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda MMA sportchilari bilan sodir boʻlayotgan birnchi hodisa emas. 2018 yilning avgustida MMA jangchisi Jamshid Kenjayev Aurum tungi klubiga kirish joyida vafot etgan edi.

Asosiy mavzular