15:57 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Koloniya obщego rejima

Mashina taʼmiri evaziga: Yoqutistonlik ayolni zoʻrlagan migrantlarga hukm oʻqildi

© Sputnik / Igor Zarembo
Hodisalar
Havola olish
583 0 0

Yoqutistonda bir ayolning migrantlar tomonidan zoʻrlanishi jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi. Bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqib, noqonuniy migratsiyaga nuqta qoʻyishga chaqirdilar. Natijada chet el fuqarolariga ushbu hududda iqtisodiy faoliyatning 33 turi bilan shugʻullanish taqiqlandi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Yakutsk shahrida istiqomat qiluvchi ayolni oʻgʻirlash va nomusiga tegishda ayblanayotgan migrantlar ustidan hukm chiqarildi.

“Sud hukmi bilan ayblanuvchilar mazkur jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi. Jinoyat ishining asosiy figuranti 14 yil ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtaydi.  Qolgan ikki nafar ayblanuvchilarga toʻrt yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtaydilar”, - deya yozadi RIA Novosti.

Hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan.

Yakutskdagi shov-shuvli voqea

Tergovda aniqlanishicha, mart oyi boshida Yakutsk shahrida avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonasida ishlovchi ikki nafar ayblanuvchi oshnalarining mashinasini taʼmirlab berishadi. Taʼmir haqqi 5 ming rublni tashkil etadi. Mijozning esa toʻlash uchun puli boʻlmagan, shunda u toʻlov tariqasida intim xizmat koʻrsatuvchi qizni olish kelishni taklif qiladi. Ustalar rozi boʻlishadi.

16 mart kuni kechqurun ayblanuvchi qizni izlab topish maqsadida yoʻlga tushadi va Kuzmin koʻchasida oʻtkinchi ayolni koʻradi. U ayolni kuch bilan mashinaga oʻtqazib, eshiklarni qulflaydi. Voqea joyidan uzoqlashadi va xilvat joyda ayolning nomusiga tegadi.

Shundan soʻng u jabrlanuvchini avtoservisga olib borib, ustalar qoʻliga topshiradi.

Ular jabrlanuvchini avtoservisda ushlab turishadi, ulardan biri esa ayolga nisbatan jinsiy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etadi. Tong saharda erkaklar uxlab qolganidan foydalangan jabrlanuvchi qochib ketadi va politsiyaga murojaat etadi.

Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan boʻlgan fuqaro oʻz tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni oʻgʻirlab ketib va zoʻrlagani haqidagi xabar tarqalgandan soʻng Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqdi. Miting ishtirokchilari hukumatdan migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishdi. Oradan koʻp oʻtmay hudud rahbari farmoni bilan Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yoʻlovchi tashish, mahsulotlar, ichimlik va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish sohasida ishlash taqiqlandi.

Asosiy mavzular