07:01 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Draka

Zavod oshxonasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
636 0 0

Rossiyaning Amur viloyatida joylashgan gazni qayta ishlash zavodi oshxonasidagi tushlik ommaviy mushtlashuv va 8 kishining qoʻlga olinishi bilan yakunlandi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi Amur gazni qayta ishlash zavodi ishchilari oʻrtasida yuz bergan ommaviy mushtlashuv tasvirlangan video paydo boʻldi.

Videoda mushtlashuvda 10 dan ortiq kishi ishtirok etayotgani koʻrish mumkin. Ayrim ishchilar stullarni uloqtirib, hamkasblarining yoqasidan ushlab, doʻpposlamoqda. Boshqalari esa mushtlashayotganlarni ajratib qoʻyish bilan ovvora. Ishchilarning bir qismi chetda turib, boʻlayotgan voqeani kuzatmoqda.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga koʻra, mushtlashuv tushlik vaqtida yuz bergan.

“Ishchilardan biri hamkasbi bilan janjallashib qolgan. Shundan soʻng janjal mushtlashuvga aylanib ketgan”, - deya yozadi “Amur.Info” nashri.

Mushtlashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan. Sakkiz kishi qoʻlga olingan.

Hozirda politsiya janjal tafsilotlarini aniqlamoqda.

Asosiy mavzular