08:49 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Yapon dengizida Rossiya chegarachilariga hujum qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Hodisalar
Havola olish
783 0 0

Shimoliy Koreya kemasining ekipaji (ichida 45 nafardan ziyod kishi boʻlgan) Rossiya chegara kemasining tekshiruv guruhi aʼzolariga qurol bilan hujum qildi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Yapon dengizida Shimoliy Koreya shxunasi (kichikroq yelkanli kema) Rossiya chegarachilariga hujum qildi. Bu haqda Rossiya FXX xabar qildi.

Xabar qilinishicha, Kito-Yamato sayozlik joyida Primorsk chegarachilari Shimoliy Koreyaning brakonyerlik  bilan shugʻullanadigan ikkitasi kemasi  va 11 ta motobotlarini aniqlashgan.

“Bir kema 21 nafar ekipaj aʼzolari bilan qoʻlga olindi. Ikkinchi Shimoliy Koreya kemasining ekipaji (ichida 45 nafardan ziyod kishi boʻlgan) chegara kemasining tekshiruv guruhi aʼzolariga qurolli hujumni amalga oshirdi”, - deyiladi xabarda.

Hujum oqibatida uch nafar rossiyalik harbiy jarohat olgan.

Asosiy mavzular