15:20 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Benzopila. Arxiv surat

Toshkentda daraxt kesildi: hokim zudlik bilan chora koʻrdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Hodisalar
Havola olish
31210

Mirzo-Ulugʻbek tumani Yalangʻoch massivida qurilayotgan bino rahbari tegishli ruxsatnomalarsiz daraxtlarni kesib tashlagan.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

IIBB xabariga koʻra, internet tarmogʻida Toshkentning bir nechta tumanlarida daraxtlar arralanayotganligi toʻgʻrisidagi xabar tarqalgandan soʻng Toshkent shahar hokimi tomonidan zudlik bilan choralar koʻrilgan.

Toshkent hokimi noqonuniy daraxt kesuvchilarni tutib oldi

Mutasaddilar tekshiruv oʻtkazib, natijada maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar tuzgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Mirzo-Ulugʻbek tumani Yalangʻoch massivida qurilayotgan bino rahbari Oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilmagan va daraxtlarni kesishga ruxsat olmagan.

Po faktu nezakonnogo spila derevyev sostavlenы protokolы ob administrativnoy otvetstvennosti.
© GUVD g. Tashkenta.
Po faktu nezakonnogo spila derevyev sostavlenы protokolы ob administrativnoy otvetstvennosti.

Ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Asosiy mavzular