05:30 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
33401

Ikki nomaʼlum shaxs qottillik maqsadi bilan Oʻzbekiston fuqarosiga hujum qilgan va bir necha marta pichoq bilan jarohatlab voqea joyidan yashiringan.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019 yil 17 sentyabrga oʻtar kechasi mazkur shahrida gaz baloni va pichoq bilan qurollangan ikki nomaʼlum shaxs qottillik maqsadi bilan Oʻzbekiston fuqarosi A.T.ga hujum qilgani va bir necha marta pichoq bilan jarohatlab voqeadan joyidan yashiringani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

TIV xabariga koʻra, A.T. shifoxonaga joylashtirilgan. Uning holati oʻrtacha ogʻirlikda deya baholanmoqda.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ikki nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bosh konsulxona mazkur holat boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va fuqaro muolaja olayotgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa oʻrnatgan.

Asosiy mavzular