05:21 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
42101

Toshkentda fuqarolarning 1,67 milliard soʻmdan ziyod pulini yeb ketgan agentlikning 29 yoshli direktoriga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Agentlik fuqarolarga Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvaga ishga yuborishni vaʼda qilib, pul olgan.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda “Human” bandlik agentligi” MCHJ direktoriga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik fakti boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Jami 52 kishidan tashkil topgan va respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi arizachilar maʼlum qilishlaricha, ular “Human” bandlik agentligi” MCHJ bilan 2018-yilning noyabr oyidan 2019 yilning sentyabr oyigacha shartnomalar tuzishgan.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Shartnomalarga koʻra, MCHJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan. Buning uchun har bir arizachi MCHJning hisob raqamiga 18 dan 35 million soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mablagʻni koʻchirgan. Shu tarzda “Human” bandlik agentligi” MCHJning hisob raqamiga 52 nafar arizachilardan umumiy miqdorda 1,67 mlrd soʻm kelib tushgan.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda koʻp miqdorda”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Hozirgi vaqtda ayblanuvchi sifatida ushbu MCHJ direktori 29 yoshli SH.F. jalb qilindi.

Xabarda ushbu agentlik harakatlaridan jabr koʻrganlar  yoki ushbu ish boʻyicha maʼlumotga ega boʻlganlar 71-230-98-40 raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mehnat vazirligi “Human” xususiy bandlik agentligi litsenziyasini bekor qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular