10:30 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
49211

Agrobank xodimi oʻqituvchilar nomidan kredit olib, pul oʻrniga ularga “Lenovo” rusumli noutbuklarni bergan.

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Agrobankning Andijon viloyati boʻlimi xodimi 245 nafar oʻqituvchi nomidan 735 million soʻm kredit olgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

ATB «Agrobank» Izboskan filiali Front-ofisining boʻlimi boshligʻi J.X., tumandagi maktablarning oʻqituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzib, ushbu hujjatlar asosida 245 nafar oʻqituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. soʻmdan jami 735 mln. soʻm mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olgan, - deyilgan xabarda.

Asosiysi bank xodimi ushbu pullarni oʻqituvchilarga berish oʻrniga ularga “Lenovo” rusumli noutbuklarni bergan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular