13:37 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
33510

Stavropolda qullikdan ozod qilingan Oʻzbekiston fuqarolari 30 ming rubldan kompensatsiya olib vataniga qaytishdi.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Bir necha kun oldin Rossiyaning Stavropol oʻlkasida majburiy ushlab turilgan Oʻzbekiston fuqarosi ozod qilindi, deb xabar qilmoqda “Alternativa” nodavlat koʻngillilar tashkiloti.

Xabarda aytilishiga koʻra, tashkilot elektron pochtasiga oʻzbekistonlik Pardaboy ismli fuqaroning qarindoshidan Stavropol dalalaridan birida bir necha Oʻzbekiston fuqarolari majburiy ishlatilayotgani haqida xabar keladi.

V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva
V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva

Tashkilot vakillari ushbu hodisa Stavropolning Neftekumsk tumani, Achikulak qishlogʻida sodir boʻlganini aniqlashadi. "Alternativa" vakillari huquqni saqlash organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston fuqarolari ishlayotgan dala maydonini topishadi.

V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva
V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva

Maʼlum boʻlishicha, u yerda oʻzbekistonliklar Stanislav ismli mahalliy koreys diasporasi vakili tomonidan poliz ekinlari ekish va va ularni yetishtirishga majburiy shugʻullangan. Ular dalada qurilgan chodir uyda yashagan. Stanislav ishchilarning hujjatini aprel oyida olib qoʻygan va ularga maosh toʻlamagani aniqlangan.

V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva
V Stavropolskom kraye semerыx uzbekistantsev spasli ot rabstva

Oʻzbekiston fuqarolari ozod qilinganidan soʻng huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan. Shundan soʻng ularga ish beruvchi tomonidan 30 ming rubldan kompensatsiya toʻlangan va ular Oʻzbekistonga qaytishgan.

Asosiy mavzular