22:18 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Mujchina v naruchnikax

Tojikiston fuqarolarini oʻldirgan "FSB bandasi" aʼzolariga sud hukmi eʼlon qilindi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
34410

Bosqinchilik uyushmasi aʼzolari bir necha yil davomida banditlik, tovlamachilik bilan shugʻullanishgan va Tojikistonning bir necha nafar fuqarolarini oʻldirishgan

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiyaning Tyumen viloyatida "FSB bandasi" aʼzolariga sud hukmi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri "Kommersant"ga tayangan holda.

Sud eshituvi Tyumen viloyat sudida boʻlib oʻtgan. Yevgeniy Gladkix, Aleksandr Kobыlin va Sergey Sinyakov yetti insonning oʻlimida hamda mahalliy tadbirkorlarga hujum qilganlikda aybdor deb topildi. Oʻldirilganlar orasida Tojikiston fuqarolari boʻlgan.

"FSB bandasi" Rossiya hududida 8 yil davomida oʻz kirdikorlarini amalga oshirgan - 2008 yildan to 2016 yilga qadar. Shu vaqt davomida jinoyatchilar oʻgʻirlik va tovlamachilikdan shafqatsiz qotillik va oʻta yirik miqdordagi oʻgʻirliklar sodir etishgacha borgan. Turli nashrlar axborotiga koʻra, jinoiy guruh oʻgʻirlik, tovlamachilik va qotilliklarni oʻz ichiga olgan 50ta jinoyatlarni sodir etishgan.

Banda birinchi boʻlib tyumenlik tadbirkor Dmitriy Klovanichning uyiga hujum qilgan. Banditlarga eshikni baxtga qarshi tojikistonlik yollanma ishchi ochgan. Banditlar uni doʻpposlab, bogʻlab ketishgan, tadbirkorni esa oʻrmonzorga olib borib otishgan. Xalqaro qidiruvda boʻlgan tojik Rossiyadan ekstradatsiya qilingan.

Jinoiy uyushmaning keyingi qurboni tojikistonlik ishchi Kasirov boʻldi. Banditlar biznesmen Samodurovdan olingan pullarning ishlatib yuborilganligi holatini yashirish uchun migrantni oʻldirishgan va bor aybni unga agʻdarishgan.

Banditlarning yana bir qurboni - Tojikiston fuqarosi Xolmirzoyev boʻldi. Jinoiy guruh tyumenlik biznesmen Ibragimovni shantaj qilish maqsadida unga tahdid bitilgan va pul talab qilingan SMS xabarlarni yuborishgan. Biznesmen jinoyatchilarga murojaat qilganda, ular bu tovlamachini topish vaʼdasini berishadi. Bozorda migrantni uchratib, unga ish vaʼda qiladilar va soʻngra oʻldiradilar.

Toʻdaning keyingi qurboni tojikistonlik Zokirjon Xalmadurov boʻldi. Uni mashinasiga egalik qilish uchun oʻldirishdi. Zokirjon transport vositasi uchun otib oʻldirilgan uch taksistdan biri boʻldi.

Aynan shu qotillikdan soʻng maxsus xizmat vakillari Tyumen viloyatida oʻz kirdikorlarini amalga oshirayotgan jinoiy guruh haqidagi versiya ustida ishlay boshlaydi.

Ammo qotilliklarga bu bilan nuqta qoʻyilmaydi. Tojikistonlik Toirov va Sayfutdinovlar banditlarning navbatdagi oʻljasiga aylandi. Jinoyatchilar ularda oʻz qurollarini sinab koʻrdilar.

Banda asoschisi - FSB sobiq kapitani Vladimir Gilev SIZOda oʻlik holatda topildi. Yana bir jinoyatchi - Sergey Zozulya - xalqaro qidiruvga berildi.

FSB sobiq xodimi Yevgeniy Gladkix 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi, sambo boʻyicha sobiq murabbiy Aleksandr Kobыlinga — 12 yil koloniya jazosi berildi, oddiy fuqaro Sergey Sinyakov — 13 yilga qamaldi.

Sud shuningdek, jabrdiydalarning pul kompensatsiyalari boʻyicha talabnomalarini qisman qondirgan.

Sud hukmi hozircha kuchga kirmagan va hukmdan norozilar tegishli tartibda shikoyat arizasini kiritishlari mumkin.

Asosiy mavzular