Nexia-3 simog‘ochga urilishi oqibatida 23 yoshli yigit qurbon bo‘ldi

© GUVD TashkentaStrashnoe DTP v Tashkente
Strashnoe DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTHda 23 yoshli yigit vafot etdi. U Nexia-3 avtomobilini katta tezlikda boshqarib simog‘ochga urilgan.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘tgan tunda Toshkentning Oolmazor tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIB.

5 oktabrda 6-oktabrga o‘tar kechasi, tun soat 1:40lar atrofida 23 yoshli M.Mirayub ismli fuqaro boshqaruvidagi Neksiya 3 avtomobili yoritish ustuniga borib urilgan. YTH oqibatida olgan og‘ir jarohatida haydovchi vafot etgan.

Dastlabki xulosaga ko‘ra, YTHga avtombilning katta tezlikda harakatlanishi sabab bo‘lgan. Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB haydovchilarga yana bir bor yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilshni eslatib o‘tgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0