23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Turtsii

Nodira Qodirovaning oʻlimida shubhalar koʻpaymoqda

UPL
Hodisalar
Havola olish
779 0 0

Deutche Welle Turkiyalik deputat uyida vafot etgan Nodira Qodirovaning oʻlimi voqeasidagi shubhali maʼlumotlarga eʼtibor qaratdi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Bir necha kun oldin Turkiya deputatining uyida oʻzini oʻzi oʻldirgan oʻzbekistonlik Nodira Qodirovaning oʻlimida gumonlar ortmoqda, deb xabar qildi Deutche Welle nashri.

Xabarda aytilishiga koʻra, Nodiraning oʻlimida bir necha shubhali holatlar mavjud. Birinchidan uning akasi Muhammad Qodirov voqea joyiga yetib kelgannida nega uni ichkariga kiritishmagan va kasalxonada ham koʻrishga ruxsat berishmagan?

Ikkinchidan, shuningdek, Nodiraning oʻlimini surishtirish uchun oʻz ixtiyori bilann ish boshlagan koʻngilli advokat Myuyde Tozbey ushbu ishda tergov amaliyotiga zid ravishda koʻplab xatoga yoʻl qoʻyilganini aytmoqda:

  • Nega Nodiraning atrofida boʻlgan kishilarning barmoq izlari olinmagan?
  • Nega Nodiraning tanasida boʻlgan qoʻl izlari va boshqa izlardan namuna olinmagan?   
  • Nega Nodira tanasida DNK va jinsiy aloqa izlari tekshirilmagan?  
  • Nega uning xonasidan, DNK, soch va qoʻl izlari, shubhali predmetlar olinmagan?
  • Nodira vafot etgan holatining texnik jihatlari: otish burchagi, masofalari oʻrganilmagan;
  • Nodira oʻlimidan keyin olingan suratda nega qurol jurnal ichida, buning sababi aniqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu ishda Turkiya politsiyasi jurnalistlarga hech qanday qoʻshimcha maʼlumot bermagan. Deputat Shirin Unal ham Bosh prokurorga bergan koʻrsatmasidan boshqa maʼlumot xabar qilmagan.

Nashr xabariga koʻra, ayni damda Nodira Qodirovaning jasadi Oʻzbekistonga olib kelingan va sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazilmasdan dafn etilgan. Uning qarindoshlari jurnalistlar bilan aloqa qilishdan voz kechishmoqda.

Asosiy mavzular