Toshkent aeroportida bemor tez yordam mashinasiga yo‘l berilmagani sabab vafot etdi

© Minzdrav UzbekistanaSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy to‘yxonasi yonidagi yo‘l tiqilinch sababli tez yordam mashinasi yo‘lda 5-6 daqiqa turib qoladi. Tez yordam mashinasining chirog‘i yonib, chaqiriq signali yangrab tursa-da, mashinaga yo‘l berilmaydi.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Toshkent aeroportida 60 yoshli bemor tez yordam mashinasiga yo‘l berilmagani sabab vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Joriy yil 11-sentabr kuni ertalab soat 07:25da Toshkent xalqaro aeroportidan Call markazga 60 yoshli kishining sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketgani haqida chaqiriq tushadi. Bu ma’lumot zudlik bilan Yakkasaroy tumanidagi 10-bo‘limga yetkazilgan. Oradan 1 daqiqa o‘tib, ya’ni, soat 07:26da “Tez yordam” brigadasi chaqiriq joyiga otlanadi. Biroq, Yakkasaroy to‘yxonasi yonidagi yo‘l tiqilinch bo‘lgani sababli “Tez yordam” 5-6 daqiqa turib qoladi. «Tez yordam” mashinasining chirog‘i yonib, chaqiriq signali yangrab tursa-da, mashinaga yo‘l berilmaydi”, - deyiladi xabarda.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam”ga tushayotgan murojaatlarning 30%dan ko‘prog‘i asossiz chaqiriqlar – SSV

Tez yordam manzilga yetib borganida aeroport shifokorlari bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan ekan. Tez yordam shifokorlari ham darhol ishga kirishadi. Bemorda o‘pka-yurak reanimatsiyasi muolajalari o‘tkaziladi. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor vafot etadi.

“Bunga aksariyat holatda yo‘llarda tez yordam mashinasiga yo‘l berilmaslik ham sabab bo‘lmoqda.Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda tez yordamga yo‘l bo‘shatib berish bo‘yicha haydovchilarda shaxsiy mas’uliyat juda yuqori. Biz esa yo‘llarda ko‘pincha buning aksiga guvoh bo‘lamiz. Mashina chaqiruv signalini yoqib tursa-da bunga parvo qilmaydigan haydovchilar ham yo‘q emas”, - deydi deydi Shoshilinch va tez tibbiy yordam masalalari bo‘yicha mahalliy koordinator Obidjon Dilmurodov.

Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlarga bo‘layotgan tajovuzlarning oxiri bormi? - Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu kabi holatlarni oldini olish uchun haydovchilarni tez yordam mashinasiga yo‘l berishga chaqirgan.

“Shu o‘rinda, haydovchilarga murojaat qilib shuni aytmoqchi edikki, qadrli haydovchilar, yoningizda chirog‘i va chaqiruv signalini yoqib kelayotgan «tez yordam” mashinasining ko‘magiga, balki sizning yaqinlaringizdan biri ko‘z tutib turgandir. Tez yordam oshiqqan manzil sizning xonadoningiz bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas-ku. Qolaversa, kimningdir farzandi, otasi yoki onasi, joni-jigarining hayoti qil ustida turgan bo‘lishi, siz ozgina himmat qilib, tez yordamga yo‘l bersangiz bir insonning hayotini saqlab qolishdek katta savobga sherik bo‘lishingiz mumkin”,  -deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0