08:38 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Politsiya Rossii

Rossiyada qotillikda gumonlanib qoʻlga olingan oʻzbekistonlikdan ayblov olib tashlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
162 0 0

Moskva tumanida qotillikda gumonlanib qoʻlga olingani OAVda xabar qilingan Oʻzbekiston fuqarosidan tegishli organlar tomonidan ayblov olib tashlandi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiyada qotillikda gumonlanib qoʻlga olingan oʻzbekistonlikdan ayblov olib tashlandi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi, 2019 yilning 6 oktyabr kuni Moskva tumanida qotillikda gumonlanib qoʻlga olingani OAVda xabar qilingan Oʻzbekiston fuqarosidan tegishli organlar tomonidan ayblov olib tashlanganini va qoʻshimcha tergov tadbirlari olib borilayotganini maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinliklarini eslatib oʻtgan: +7-965-029-41-49.

Asosiy mavzular