06:58 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Vodka.

“Birga ichishdi”: Toshkentda janjal qotillik bilan yakunlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Hodisalar
Havola olish
302 0 0

Qotillik holati yuzasidan 42 yoshli fuqaroga nisbatan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati 8 oktyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.

“08.10.2019 yil soat 18:30 larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) oʻzining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik isteʼmol qilib, oʻrtasida oʻzaro kelib chiqqan janjal oqibatida, u oshxona pichogʻi bilan I.K.ning boʻyin qismiga bir necha marotaba pichoq bilan urib, qasddan oʻldirgan”, - deyilgan xabarda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular