06:43 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Pojarы v Kalifornii, SSHA

AQShda 9 yoshli bola 5 kishining oʻlimida ayblanmoqda

© AFP 2018 / JOSH EDELSON
Hodisalar
Havola olish
285 0 0

AQShda 9 yoshli bola ichida uch nafar yosh bolali oila boʻlgan koʻchma uyni yoqib yuborishda ayblanmoqda. Yongʻinda 5 kishi qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Illinoys shtatining 9 yoshli fuqarosi 5 kishini oʻldirishda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda AQShning Peoria Journal Star prokuror Greg Mingerga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, 6 aprel kuni uyiga yaqin joyda joylashgan koʻchma uyni yoqib yuborgan. Olovda 5 kishi qurbon boʻlgan, ulardan 3 nafari voyaga yetmaganlar boʻlgan. Yonayotgan koʻchma uydan 2 kishi qutulib qolgan.

Yongʻin tungi soat 11da boshlangan, yogʻoch uy juda tez yonib ketgan, oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganda butun uy olov ichida boʻlgan.

Prokuror aytishiga qaraganda, yosh bola ustidan hukm chiqarish uning uchun oson boʻlmagan.

– Bu albatta tragediya, lekin ayblanuvchi ham juda yosh va u eng ogʻir jinoyatlardan birida ayblanmoqda. Nima boʻlganda ham unga qamoq jazosi berilmaydi. Unga 5 yillik sinov muddati berilishi mumkin xolos”, - deydi prokuror.

Asosiy mavzular