06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Toshkentda pedofil qoʻlga olindi

© Press-slujba GUVD Tashkenta
Hodisalar
Havola olish
64510

Maktab oʻquvchilarining ota-onalari, ular huzurida oʻquvchilarning oʻzi va mahalliy aholi soʻroq qilingan va gumon qilinuvchining qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Toshkentda pedofil qoʻlga olindi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, “Telegram”da maktab oʻquvchilarining ota-onalari ulashgan xabarlar yuzasidan chora koʻrilgan.

Maktab oʻquvchilarining ota-onalari, ular huzurida oʻquvchilarning oʻzi va mahalliy aholi soʻroq qilingan va gumon qilinuvchi qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qoʻlga olingan. Oʻquvchi qizlardan biri uni tanib olgan.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (“Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq IIBB “Telegram”da maktab oʻquvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar yuzasidan tekshiruv oʻtkazayotgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular