20:59 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Jenщina v naruchnikax

Toshkentda 26 yoshli fuqaroni rafiqasi shafqatsizlarcha oʻldirdi

Sputnik / Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
923 0 0

Xotin oʻz erini oʻldirish maqsadida qarindoshi bilan jinoiy til biriktirgan. Erkak avvaliga dazmol elektr simi bilan boʻgʻilgan. U himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtida xotini unga tashlanib, yuzini yostiq bilan bosgan.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Bosh prokuratura Kamolon mahallasida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 05 oktyabr kuni soat taxminan 04:30larda Shayxontohur tumani, Kirkiy koʻchasida joylashgan uyning yotoqxonasidan, shu xonadonda istiqomat qilib kelgan Abbos A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toshkent filiali boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan) murdasi boʻyin sohasidan dazmol shnuri bilan boʻgʻilgan holatda topilgan.  

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, Abbos A.ning oʻlimi boʻyin aʼzolarining sirtmoq bilan boʻgʻilishidan kelib chiqqan mexanik asfiktsiya natijasida yuz berganligi aniqlangan.

Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanishicha, Kamola A. turmush oʻrtogʻi Abbos A. bilan oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro nizo sababli uni qasddan oʻldirish haqida qarindoshi Otabek X. bilan jinoiy til biriktirgan.  Otabek X. 04 oktyabr kuni soat 19-00larda Abbos A.ning yashash uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib olgan va Kamola A. bilan uning turmush oʻrtogʻi Abbos A.ni oʻldirish uchun qulay fursat kutgan.

05 oktyabrga oʻtar kechasi soat 00-30larda yotoqxonaga kirib, Abbos A. uygʻoq boʻlganligi sababli uning ustiga chiqib, yuz qismiga chap qoʻli mushti bilan bir necha zarbalar bergan. Soʻngra oldindan tayyorlab qoʻyilgan dazmol elektr simi bilan boʻyin sohasidan boʻgʻa boshlagan.

Natijada, Abbos A. oʻziga nisbatan boʻlayotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtida Kamola A. oʻz turmush oʻrtogʻining yuz qismiga yostiq bilan bosib, uning nafas yoʻllarini berkitib, Abbos A.ni qasddan oʻldirgan.

Soʻngra, Otabek X. xonadonda boʻlgan marhum Abbos A.ga tegishli 2 ta telefon, 500 dollar va 110.000 soʻm pullarini hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida sherigi Kamola A.ga tegishli 1 dona telefon va tilla taqinchoqlarini qoʻlga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

Kamola A. esa jinoyati fosh etilishini oldini olish va javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida shu kecha unga va turmush oʻrtogʻiga nisbatan nomaʼlum shaxslar tomonidan bosqinchilik sodir etilganligini aytib, marhumning ota-onasini oʻygʻotgan.

Tergov davomida Otabek X.ning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv davomida Abbos A.ning uyidan olib ketilgan tilla buyumlar yertoʻlaga yashirib qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ish boʻyicha Otabek X. va Kamola A.lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan ayblov eʼlon qilingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoq qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular