17:24 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
336 0 0

12 oktyabrga oʻtar kechasi Petrovsk tumanida yuz bergan YTH oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi halokat joyida vafot etdi, yana 5 nafar oʻzbekistonlik jarohat oldi

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Saratov viloyati Petrovsk tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Rossiya FVVning Saratov viloyati boʻyicha bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, hodisa 12 oktyabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Shuningdek, YTH oqibatida 5 nafar oʻzbekistonlik jarohat olgan.

Hozir ular tuman kasalxonasiga joylashtirilgan.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni oʻz nazoratiga oldi hamda marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shugʻullanmoqda.

Asosiy mavzular