17:22 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
666 0 0

Kogon shahrida kelin qaynonasiga tegishli qariyb 30 million soʻmlik 11 turdagi tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketgan.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Buxoroning Kogon shahrida bir kelinning kirdikorlari fosh etildi.

Buxoro viloyati IIB xabariga koʻra, 27 sentyabr kuni nomaʼlum shaxs Kogon shahar Maxtumquli mahallasida yashovchi nafaqadagi fuqaro S.M.ga tegishli jami 29 700 000 soʻmlik 11 turdagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu manzilda yashovchi, fuqaro S.M.ning kelini A.S sodir qilganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda toʻliq xujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan qoʻzgʻatilgan .

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular