00:30 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
74210

Qiymati 200 ming dollar boʻlgan 500 yil oldin yozilgan “Qurʼon” kitobi Oʻzbekistondan noqonuniy olib chiqish vaqti ushlab qolindi.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Fargʻona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qimmatbaho kitobni Oʻzbekistondan olib chiqishga boʻlgan urinish toʻxtatib qolindi, deb xabar qilmoqda "Oʻzbekiston 24" telekanali.

Xabarda aytilishiga koʻra, buxorolik Farrux Sharapov ismli 49 yoshli fuqaro noyob “Qurʼon” kitobini sotish vaqti qoʻlga olindi. Sharapov ushbu kitobni 150 ming dollarga Qirgʻiziston fuqarosiga sotmoqchi boʻlgan.

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi oʻtkazgan tekshiruvda ushbu Qurʼon kitobi XVI asrda Mulla Yusuf Saxxof tomonidan Samarqand husnixati uslubida yozilgan. 19 asr oxiri 20 asr boshlaida kitob taʼmirlangan. Bugungi kunda uning qiymati 1 mlrd. 880 mln. soʻmni (200 000$) tashkil qiladi. 

Ushbu Qurʼon kitobi Oʻzbekistondan olib chiqish taʼqiqlangan kitoblar roʻyxatiga kiradi. Ayni damda kitob Oʻzbekiston tarixi muzeyiga topshirilgan. Farrux Sharapov ustidan esa sudgacha tergov amaliyoti olib borilmoqda.

Asosiy mavzular