14:30 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Byudjet hisobidan mashina sotib olingan: Toshkent viloyatida mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
854 0 0

“D.B.S” MCHJ rahbari tomonidan oʻzlashtirilgan byudjet mablagʻlari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkent viloyatida aniqlangan talon-toroj holati yuzasidan xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MCHJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida shartnomada koʻrsatilgan rekonstruktsiya ishlari bajarilmagan boʻlsada, “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd. soʻm oʻtkazib berilib, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“D.B.S” MCHJ rahbari tomonidan oʻzlashtirilgan byudjet mablagʻlari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MCHJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular