00:21 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Deputat Qobul Doʻsov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashdi

© Fb
Hodisalar
Havola olish
440 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining ziddiyatli gʻoyalari bilan mashhur boʻlgan deputat Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashdi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. “Milliy tiklanish” partiyasining Boʻstonliq tuman Kengashi deputati Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashayotgani videosi tarqaldi.

Maʼlum boʻlishicha, deputat koʻpxonadonli uyning birinchi qavatidan ofis olgan va u yerga Maxtumquli koʻchasidan toʻgʻri yoʻl solmoqchi boʻlgan. Bunga mahalliy aholi qarshilik koʻrsatgan, chunki yangi yoʻl u yerda joylashgan bolalar maydonchasiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan.

Eng asosiysi - deputat ushbu yoʻlni oʻtkazish uchun tegishli organlardan olingan hech qanday ruxsatnomani koʻrsatmagan. Ruxsatnomani koʻrsatishni talab qilgan mahaliy aholiga deputat hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlgan. Xususan, deputat yoshi oʻzidan katta boʻlgan odamga qarab – San kimsan oʻzing? , deya baqirgani videolavhada aks etgan.

Yashnobod tuman hokimligi ushbu vaziyatga hozircha munosabat bildirmadi. Telefon orqali ular bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmadi. 

Eslatib oʻtamiz, oldin ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining ziddiyatli gʻoyalari bilan “mashhur” boʻlgan edi. Xususan u ayollarni davlat boshqarishiga qoʻymaslik, Qurʼonni birinchi sinfdan boshlab oʻqitish, uygʻurlarni Xitoy hukumatidan himoya qilish va boshqa gʻoyalar bilan chiqqan edi.

Asosiy mavzular