20:48 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mujchina v naruchnikax

Oʻzbekistonda “Xizb ut-Taxrir” jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
452 0 0

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlariida istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taʼqiqlangan «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh aʼzolari jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi, xabar qiladi IIV.

Mavjud maʼulomotlarga koʻra, ushbu shaxslarning aksariyati muqaddam «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotiga aʼzo boʻlganliklari uchun jazo muddatini oʻtab chiqqan.

“Ularga koʻrsatilgan ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy koʻmakka qaramasdan jinoiy til biriktirib aholi orasida noqonuniy targʻibot olib borib, «Xizb ut-Taxrir» DET gʻoyalarini tarqatganlar hamda shu yoʻl bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan gʻayriqonuniy hatti-harakatlarni sodir etganlar. Shuningdek, ular ekstremistik gʻoyalaridan voz kechgan, muqaddam jazo muddatini oʻtab chiqqan shaxslarni ham qayta jinoyat sodir etish yoʻliga chorlaganlar”, - deyiladi IIV tarqatgan xabarda.  

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun: «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik tashkiloti 1953 yilda Falastin davlatida Taqiyuddin Nabixoniy tomonidan asos solingan boʻlib, maqsadi - dastlab musulmon mamlakatlarida, keyinchalik esa butun dunyoda yagona xalifalik davlatini oʻrnatishdan iborat.

AQSH ISHID boshliqlari haqidagi maʼlumot uchun katta mukofot pulini beradi

Bugungi kunda ushbu tashkilotning faoliyati Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalari va yana bir qator mamlakatlar hududida taʼqiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi  qarori bilan «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik tashkiloti faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼqiqlangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

Asosiy mavzular