23:38 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Dreamliner uzbekskix avialiniy

Toshkendan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonda shoshilinch qoʻndi

© Sputnik / Stringer
Hodisalar
Havola olish
272 0 0

Yoʻlovchi salomatligi yomonlashgani tufayli OʻXYning Sankt-Peterburgga uchgan samolyoti Qozonda shoshilinch qoʻndi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllarining Toshkentdan Sankt-Peterburgga HY-633 sonli parvoz yoʻnalishiga favqulodda oʻzgarish kiritildi, deb xabar qilmoqda Milliy aviakompaniya.   

“Parvoz davomida yoʻlovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli, komandir havo kemasini eng yaqin boʻlgan Qozon shahridagi aeroportga qoʻndirishga qaror qildi”, - deyilgan xabarda.

Aviakompaniyamiz tomonidan kechikish vaqtini qisqartirish uchun barcha choralar koʻriladi. Parvoz Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bilan soat 13:40 da yetib borish koʻzda tutilmoqda, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2 kun oldin Oʻzbekiston Havo yoʻllarining Moskvadan uchgan samolyoti Samaraga qoʻnishga majbur boʻlgan edi. Shuningdek, kecha ertalab Aeroflot kompaniyasining Hindistondan uchib kelayotgan parvozi ham, yoʻlovchi sogʻligi yomonlashgani tufayli Toshkentga favqulodda qoʻnishga majbur boʻlgan edi.

Asosiy mavzular