01:46 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Hodisalar
Havola olish
62601

Avtomobilga oʻrnatilgan gaz ballon mashina harakatda boʻlgan vaqtda portlab ketgan. Haydovchi va uning 32 yoshli yoʻlovchisi hodisa joyida halok boʻlishgan.

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Hodisa Navoiy viloyatining "Navoiy-Zarafshon" trassasida 18 oktyabr kuni yuz bergan.

Ertalabki 06.20 60 yashar Sarvar M. boshqaruvidagi "Neksiya" avtomobiliga oʻrnatilgan gaz ballon portlab ketgan. Oqibatda haydovchi va uning 32 yoshli yoʻlovchisi hodisa joyida halok boʻlishgan.

Yana bir yoʻlovchi - 82 yoshli pensioner ayol ogʻir tan jarohatlari bilan Konimex tumani kasalxonasiga olib borilgan.

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular