15:20 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Samolet Boeing 777 zaxodit na posadku

Moskvadan Pxuketga uchayotgan samolyot belaruslik janjalkashni deb Toshkentga majburan qoʻndi

© AFP 2018 / ROSLAN RAHMAN
Hodisalar
Havola olish
523 0 0

Belarus fuqarosi spirtli ichimlik taʼsirida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga nisbatan agressiv harakatlarni amalga oshirgan. Yoʻlovchini tinchlantirish harakatlari natija bermagan.

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Moskvadan Pxuketga tomon harakatlanayotgan Nordwind airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing-777 samolyoti kuni kecha agressiv yoʻlovchi tufayli shoshilinch Toshkentga qoʻnishga majbur boʻlgani haqida xabar bergan edik.

RIA Novostining bugun Nordwind aviakompaniyasiga tayanib xabar berishicha, Moskva - Pxuket reysidagi janjalkash Belarus fuqarosi ekanligi aniqlangan.

"2019 yil 17 oktyabr kuni №2477 Moskva - Pxuket reysi bajarilayotgan vaqtda, yoʻlovchi Dzianis Mislenskiy (Belarus Respublikasi fuqarosi), spirtli ichimlik taʼsirida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga nisbatan agressiv harakatlarni amalga oshirgan. Yoʻlovchini tinchlantirish harakatlari natija bermagan", - deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

"Bortdagi yoʻlovchilar hayoti va sogʻligiga real tahdidlar yuzaga kelishini inobatga olib, parvoz xavfsizligini taʼminlash maqsadida, havo kemasi komandiri Toshkent aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirish qarorini qabul qildi. Toshkentda janjalkash yoʻlovchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirilgan", -deb qoʻshimcha qilgan u.

Matbuot-xizmati vakilining soʻzlariga koʻra, avialayner shundan soʻng belgilangan manzil sari parvozni davom ettirgan.

Asosiy mavzular