XTV Yunusobod tumanidagi bola o‘g‘rilari haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishPustie parti v odnom iz klassov
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-oktabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13.10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan.

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda maktabdan bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol haqidagi mish-mishlar o‘rganib chiqildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-oktabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13.10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilariga hech qanday ziyon yetmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu voqea yuzasidan yakuniy ma’lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim etiladi.

XTV ota-onalarlarga murojjat qilib, barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘rilishi va ulardan farzandlarini maktabdan uyga yetib olishini o‘z nazoratlariga olishini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0