Toshkentda kameralarni chalg‘itishga uringan jizzaxlikka chora ko‘rildi

Obuna bo‘lish
Haydovchi avtomobilining davlat raqamini qisman bo‘yab qo‘ygan va Toshkentda kameralarni chalg‘itmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkentda avtomobilining davlat raqamiga o‘zgartirish kiritgan haydovchi jarimaga tortildi.

IIBB xabariga ko‘ra, idoraning Facebook᾽dagi guruhiga poytaxt haydovchilaridan biri avtomobilining davlat raqamini qisman bo‘yab qo‘yganligi haqida xabar kelib tushgan. Ushbu o‘zgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib bo‘lmaydigan holga kelgani qayd etilgan.

© GUVD g. TashkentaToshkentda avtomobilining davlat raqamiga o‘zgartirish kiritgan haydovchi jarimaga tortildi.
Toshkentda kameralarni chalg‘itishga uringan jizzaxlikka chora ko‘rildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda avtomobilining davlat raqamiga o‘zgartirish kiritgan haydovchi jarimaga tortildi.

Ma’lum qilinishicha, “KIA Optima” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 B 228 EB) haydovchisi 38 yoshli jizzaxlik Roman E. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan va u EKIHning 10 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, uning mashinasi jarima maydonchasiga joylangan.

Yangiliklar lentasi
0