17:53 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
163 0 0

Ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan va ularning umumiy qiymati 2 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etadi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Bojxonachilar umumiy qiymati 2 mlrd soʻmdan ortiq noyob madaniy boyliklarni Oʻzbekistondan olib chiqilishiga chek qoʻyishdi.

Bojxona qoʻmitasi xabariga koʻra, “Sirdaryo” chegara bojxona postiga “Lasetti” avtomashinasida kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortgan.

Shundan soʻng avtomobil va uning tirkamasidagi yuklar haydovchi va xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada koʻrsatilmagan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan, Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan, 32 dona turli koʻrinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona koʻza hamda 1 dona vazalarni yashirincha olib chiqmoqchi boʻlganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ularning umumiy qiymati 2 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etishi maʼlum boʻldi.

Noyob “Qurʼon” kitobini Oʻzbekistondan olib chiqishga yoʻl qoʻyilmadi - video

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular