01:26 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
518 0 0

Oktyabr oyining oxirida mast kishi aeroport maʼlumotxonasiga qoʻngʻiroq qilib huquqni saqlash organlarining telefon raqamini soʻraydi. Shundan soʻng u Toshkent aeroportida portlash roʻy berishini xabar qiladi.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Oktyabr oyining oxirida Toshkent aeroportida yashirilgan portlovchi moslama haqida xabar qilgan fuqaro huquqni saqlash organlari tomonidan qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda IIBB huzuridagi Tergov departamenti.

“Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor  tadbir doirasida fuqaro K.T. Patakor tuman borzorda qoʻlga olindi. Tekshirish natijasida uning yonidan telefon apparati topildi. Fuqaro aynan ushbu telefon orqali “portlovchi moslama” va “narkotiklar” haqida yolgʻon xabar tarqatgan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277 moddasining (Bezorilik) 1 bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular