06:56 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
165 0 0

Oʻzbek-tojik chegarasini kesib oʻtayotgan shaxs oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzbekistonlik bojxonachilar eʼtiborini tortadi. Ushbu shaxs oyoq kiyimi tovonida salkam 100 grammli tillo buyumini oʻtkazishga uringanligi aniqlandi.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali respublikaga qoʻshni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro oʻz xatti-harakatlari bilan bojxonachilar eʼtiborini tortadi, xabar qiladi respublika Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot markazi.

Natijada, shubha ostiga tushgan shaxs belgilangan tartibda sinchkovlik bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.

Shaxsning kirdikorini rentgen qisqa fursatda fosh qiladi. Uning oyoq kiyimi tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million soʻmlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari yashirganligi aniqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular