08:33 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
407 0 0

Ichki ishlar vazirligi internetda tarqalgan 01 001 VIP davlat raqam belgisi bilan bogʻliq videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi internetda tarqalgan 01 001 VIP davlat raqam belgisi bilan bogʻliq videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Oʻzbekiston IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Shuningdek, davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida “I” harfi ishlatilmasligi qayd etilgan.

IIV davlat raqam belgilarini qoʻlbola usullarda yasash va ulardan foydalanish uchun qonunda jazo belgilanganini eslatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda avtomobilining davlat raqamiga oʻzgartirish kiritgan haydovchi jarimaga tortilgani xabar qilingan edi. Haydovchi kameralarni chalgʻitish maqsadida raqamini qisman boʻyab qoʻygan. Ushbu oʻzgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib boʻlmaydigan holga kelgan.

Asosiy mavzular