Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishUcheniya "Sentr-2019" v Tadjikistane
Ucheniya Sentr-2019 v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda 20ga yaqin qurolli kishilar tojik-o‘zbek chegarasida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirishdi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. 20 kishidan iborat qurollangan guruh Tojikistonning “Ishqobod” chegara postiga hujum qildi. Qurolli to‘qnashuv oqibatida hujum qilganlarning 15tasi yo‘q qilindi, 5 nafari qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga (DMXQ) asosan.

“6 noyabrga o‘tar kechasi soat 03:23 daqiqada, 20 kishidan iborat qurollangan guruh, yuzlarini niqob ostida yashirgan holda, “Ishqobod” nomli 4-chegara bo‘linmasiga hujum qildi. Hujum davomida ular 5dona avtomat o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritishgan", - deyilgan xabarda.

Tojkiston DMXQ xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida ushbu jinoiy guruhning 15 nafari yo‘q qilingan 5 nafari qo‘lgan. Maxsus operatsiya davomida Chegara qo‘shinlarining 1 nafar askari hamda bir nafar militsiya xodimi qurbon bo‘lgan.

Ayni damda ushbu hodisa operativ- tergov  guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. "Sultonobod" Chegara qo‘shinlariga qarashli bo‘lgan "Ishqobod" chegara bo‘linmasi Dushanbedan 60 km G‘arbda,  tojik-o‘zbek chegarasida joylashgan. 

Yangiliklar lentasi
0