Toshkent Tojikistondagi chegaraga uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tadjikistan
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegara qo‘shinlari vakilining so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston tomoni tojikistonlik hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. O‘zbekiston chegara idorasi qo‘shni Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan qurolli guruhning hujumi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi.

“Hodisa haqida ma’lumotga egamiz, hozirda vaziyatni o‘rganmoqdamiz”, - dedi O‘zbekiston chegara qo‘shinlari vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tojikistonlik hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar kechasi 20 ga yaqin qurolli kishilar tojik-o‘zbek chegarasida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirishdi. Tojikiston DMXQ xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida ushbu jinoiy guruhning 15 nafari yo‘q qilingan 5 nafari qo‘lgan. Maxsus operatsiya davomida Chegara qo‘shinlarining 1 nafar askari hamda bir nafar militsiya xodimi qurbon bo‘lgan.

Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

Hozirda ushbu hodisa tezkor- tergov guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0