00:47 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
706 0 0

Toshkentda oʻz farzandi oʻldirib, uni bedarak yoʻqolib qolganligini “sahnalashtirganlar” qoʻlga olindi. Ular farzandini doʻpposlab, qasddan oʻldirganlar. Soʻngra murdani oʻchoqda yoqishgan, yonmay qolgan qoldiqlari qopga solib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborishgan.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Toshkentda oʻz farzandi oʻldirib, uni bedarak yoʻqolib qolganligini “sahnalashtirganlar” qoʻlga olindi.

Toshkent shahar prokuraturasi xabariga koʻra, 4 noyabr kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizi D.K.ni Bektemir tumanidagi “Compass” savdo majmuasida yoʻqotib qoʻyganligini maʼlum qilgan. Toshkent shahar prokuraturasi hamda IIBB qizchani topishga qaratilgan tadbirlarga zudlik bilan kirishgan.

Qayd etilishicha, A.V. va uning sharʼiy nikohdagi eri M.F.ning koʻrsatmalari shubha ostiga olingan. Qidiruv tadbirlariga qaramasdan qizaloq bir kun mobaynida topilmaganligi sababli, u qotillik jinoyati qurboni boʻlgan boʻlishi mumkin, degan taxmin oʻrtaga tashlangan va JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilufy/

Jestokoye ubiystvo rebenka v Tashkente: roditeli zaputali sledstviye
Jaxon
Toshkentda oʻz farzandi oʻldirib, uni bedarak yoʻqolib qolganligini “sahnalashtirganlar” qoʻlga olindi.

Tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25 oktyabr kechasi er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik isteʼmol qilishgan. Soʻngra farzandini doʻpposlab, qasddan oʻldirganlar.

Soʻngra qilmishlarini yashirish va jazodan qutulish maqsadida, murdani yoʻqotish payiga tushganlar. Uni yoʻl sumkasiga joylashtirib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi ijara dala hovliga olib borishgan. Murda oʻchoqda yoqilib, soʻng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Shundan keyin, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chalgʻitish va asl holatni yashirish maqsadida farzandi bedarak yoʻqolib qolganligini “sahnalashtirganlar”.

Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish davomida D.K.ning murda suyaklari topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda A.V. va M.F.lar qotillikda gumon qilinib qoʻlga olingan. Tergov harakatlar davom ettirilmoqda,

Asosiy mavzular