06:55 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari boʻlib chiqdi

© MVD Tadjikistana
Hodisalar
Havola olish
696 0 0

Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari boʻlgani va ular bir necha kun oldin Afgʻoniston hududidan oʻtib kelgani aniqlandi.

TOSHKENT,  6 noya – Sputnik. “Ishqobod” chegara postiga hujum qilganlar ID tarafdorlari boʻlgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Tojikiston Davlat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (DMXQ) matbuot xizmati.

“Olib borilgan tergov va qoʻlga olingan jangarilarni soʻroq qilish natijasida aniqlanishiga koʻra, 6 noyabr oqshom chegara postiga hujum qilgan qurollangan terrorchi guruh 3 noyabr kuni Afgʻonistonning Qalʼai Zol hududidan maxsus buyruq asosida afgʻon-tojik chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan”, - deyilgan xabarda.

Hujumda ishtirok etgan barcha terrorchilar ID aʼzolari boʻlgan va tunda Kubodiyon tumaniga yetib kelishgan va hujum uchun "Ishqobod" chegara postini tanlashgan.

Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan tunda 20ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbeda 60km masofada, oʻzbek-tojik chegara chizigʻida joylashgan postiga hujum qilib u yerdan 5ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi. Oʻtkazilgan maxsu soperatsiya natijasida ularning 15 nafari yoʻq qilinib. 5tasi qoʻlga olingan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular